MILLIY QONUNCHILIGIMIZDA ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARINING BUZILISHI: HUQUQIY OQIBATLAR VA ZARAR KO'RGAN TOMONLARNI HIMOYA QILISH
DOI:
https://doi.org/10.70728/conf.v2.i02.004Keywords:
Iste’mochi, Iste’molchi huquqlari, Zararni qoplash, Fuqarolik huquqi, Tovarning nuqsoni, Ma’naviy zarar, Moddiy zarar, Bozor iqtisodiyoti, Elektron tijorat, Qonunchilik asoslari, Ob’ektiv javobgarlik, Reklama, Xalqaro tajribaAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi doirasida iste’molchilarning huquqiy maqomi va ularga yetkazilgan zararlarni qoplash mexanizmlari yoritilgan. Unda iste’molchining asosiy huquqlari, zarar yetkazilgan taqdirda moddiy va ma’naviy zararning qoplanish tartibi, iste’molchi va ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud qonunchilik asoslari, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari hamda ayrim xorijiy davlatlar tajribasiga asoslangan taqqosloviy-huquqiy tahlil o‘tkazilgan. Xususan, internet savdosi va elektron tijorat bilan bog‘liq huquqiy chigalliklar, mahsulot sifati, axborot yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladigan salbiy holatlar va ularning huquqiy oqibatlari yoritilgan. Maqolada zararni qoplash mexanizmlari amaldagi Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida chuqur tahlil etilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
2. https://lex.uz/docs/180552 O’z Res Fuqarolik kodeksi;
3. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
4. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni
5. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005;
6. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 3-son, 27-modda;
7. Бетс Г., Брайндли Б., Уильямс С. Бизнес. Толковый словарь /Общ. ред. И.М. Осадчая. – М., Инфра-М. 1998;
8. Внуков Н.А. Соотношение публичного договора с потребительским договором// Цивилист. 2011. – №3;
9. Дашко А.В. Теоретико-прикладное моделирование договорных отношений с участием потребителей: Автореф. дисс. ...канд. юрид. наук. –М., 2005.