KO’RISH QOBILIYATI SUST BO’LGAN O’QUVCHILARDA KO’RUV ANALIZATORINING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA YAXSHILASHDA SPORT HAMDA KO’Z KORREKSION MASHQLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
DOI:
https://doi.org/10.70728/conf.v2.i02.010Abstract
XXI asrda o‘smirlar va maktab o‘quvchilari salomatligi jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ayniqsa, ko‘rish bilan bog‘liq muammolar yoshlar orasida tobora ko‘payib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilarida ko‘rish nuqsonlari jahonning turli mamlakatlarida keng tarqalgan.Masalan, Armanistonda 6–15 yoshli bolalarning 10 foizi, Efiopiyada esa 8,8 foizi turli ko‘rish muammolariga duch kelmoqda. Qozog‘istonda, ayniqsa Olma-ota shahrida, o‘quvchilarning 18–25 foizi ko‘rish nuqsonlari bilan yashamoqda. Bu raqamlar masalaning qay darajada jiddiy ekanligini ko‘rsatadi. Inson atrof-muhitdan oladigan ma’lumotning qariyb 90 foizi aynan ko‘rish orqali qabul qilinadi.Shuning uchun ham maktab yoshidagi bolalarda ko‘rish salomatligini asrash va rivojlantirish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Turli yondashuvlarda jiddiy qarama-qarshiliklarning mavjudligi, shuningdek, zamonaviy fan tomonidan hali yetarlicha o‘rganilmagan masalalarning keng doirasi bu mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Bu muammo maktab yoshidagi o’quvchi yoshlarning ta’lim jarayonidagi amaliy faoliyatida ayniqsa muhim va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi
References
1. Chen H., Eungpinichpong W., Ratanapakorn T., Wang B. (2024). Effectiveness of Facial Massage and Exercise in Alleviating Visual Fatigue: A Systematic Review. Asian Journal of Sports Medicine.
2. Yin R., Zhu G., Liu A., Wang M., Li L., Dai S. (2023/2024). The impact of additional visual tasks in physical exercise on balance ability among 9–10-year-old children: the mediating effect of visual acuity. Frontiers in Public Health.
3. Barzegar Khanghah A., Fernie G., Roshan Fekr A. (2023). Design and Validation of Vision-Based Exercise Biofeedback for Tele-Rehabilitation. Sensors.
4. Marc Niering et al. (2024). The effects of visual skills training on cognitive and executive functions in stroke patients: a systematic review with meta-analysis. Journal of NeuroEngineering and Rehabilitation.
5. Zhou W., Fricke L., Sabel B.A. (2025). Eye yoga for glaucoma: recovery of vascular dysregulation and visual field function—a randomized controlled trial. EPMA Journal.
6. “Necessity for Sports Vision Training in Institutions of Higher Learning: A Concise Evaluation” — Gupta A., Thakur R. (2022). Journal of Multidisciplinary Research in Healthcare.
7. Network meta-analysis of the efficacy of physical exercise interventions on vision health in children and adolescents (2023).
8. Association of sports vision with age, gender, and static visual acuity among nonathletic population (2022-2023).