IBN HOJIBNING “AL-KOFIYA” ASARIDA AMIL NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA GRAMMATIK TIZIMDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.70728/conf.v2.i03.026Abstract
Arab tilshunosligi tarixida gap tuzilishini tahlil qilishda amil nazariyasi markaziy ahamiyatga ega. “Amil” tushunchasi arab grammatik tafakkurida so‘zlarning holatini belgilovchi sabab sifatida talqin qilinadi. Ushbu nazariya arab tilining sintaksis va morfologik tuzilishini ilmiy asos bilan o‘rganishga imkon yaratadi.
XIII asr tilshunosi Jemoliddin Ibn Hojib (1209–1249) amil nazariyasini mukammal tizimga keltirgan olimlardan biri hisoblanadi. Uning al-Kofiya fi an-nahv asari arab tili sintaksisini chuqur nazariy asos bilan boyitdi va keyinchalik ar-Rodiy al-Astarobodiy, as-Suyutiy va Ibn Malik kabi olimlar tomonidan keng tatbiq etildi.
References
1. Ibn Hojib, al-Kofiya fi an-nahv, Qohira: al-Matba‘a al-Amira, 1317h.
2. ar-Rodiy al-Astarobodiy, Sharh al-Kofiya, Qohira, 1320h.
3. Zamaxshariy, al-Mufassal, Bayrut, 1982.
4. Holes, C. Modern Arabic: Structures, Functions and Varieties, London: Longman, 2004.
5. Versteegh, K. Arabic Linguistic Tradition, Leiden: Brill, 1997.
6. Ryding, K. A Reference Grammar of Modern Standard Arabic, Cambridge University Press, 2005.
7. Chomsky, N. Syntactic Structures, Mouton, 1957