Published 01-05-2025
Keywords
- tarixiy tafakkur, o‘yin texnologiyalari, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metodlar, tarixiy empatiya, rolli o‘yinlar, tarixiy ong, didaktik vosita, tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, tarixiy bilim, simulyatsiya, pedagogik innovatsiya, muloqot ko‘nikmalari, metodik yondashuv

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
How to Cite
Abstract
Mazkur maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirish jarayonida zamonaviy o‘yin texnologiyalarining tutgan o‘rni va ularning ta’limdagi samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. Xususan, o‘quvchilarda tarixiy bilimlarni egallash, tarixiy jarayonlarni anglash va ularni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol va o‘yin asosidagi metodlarning imkoniyatlari yoritib beriladi. O‘yin texnologiyalariga asoslangan yondashuvlar – bular simulatsiya, rolli o‘yinlar, interaktiv elektron platformalar orqali tashkil etiladigan dars shakllari – o‘quvchilarda tarixga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, mavzularni chuqurroq o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu turdagi texnologiyalar o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilish va tarixiy voqealarga nisbatan faol pozitsiyada bo‘lish kabi kompetensiyalarini rivojlantiradi. Maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirishda o‘yin metodlarining innovatsion usul sifatida qo‘llanishi, ularning pedagogik va didaktik afzalliklari, shuningdek, ta’lim jarayoniga integratsiyalash tajribalari ilmiy asosda bayon etiladi. Ushbu maqolada o‘yin texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari keng yoritilib, tarixiy tafakkurni shakllantirishdagi roli bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar ham beriladi. Mazkur yondashuvlar zamonaviy ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri sifatida taqdim etiladi.
References
- Sh.M.Mirziyoyev ”Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik”. Toshkent. O’zbekiston. 2023. B-72.
- Falsafa qisqacha izohli lug‘at. Toshkent. SHarq. 2004. B-303
- A.G’.Mixliyev “O’quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirish”. Darslik. Toshkent. 2012.
- S.Qurbonova. “Didaktik o’yinlar”. O’quv qo’llanma. Urgancha. 2011.