Published 18-12-2025
Keywords
- biofaol qo‘shimchalar, oziq-ovqat mahsuloti, mikroenkapsulyatsiya, fermentatsiya, probiotiklar, vitaminlar, minerallar, antioksidantlar, texnologiya, innovatsiya, organoleptik sifat.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
How to Cite
Abstract
Maqolada biofaol qo‘shimchalarni oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyosiga qo‘shish va ishlab chiqish texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda biologik faol moddalar – vitaminlar, minerallar, probiotiklar, antioksidantlar va boshqa foydali komponentlar – hamda ularni turli oziq-ovqat matritsalariga integratsiyalash usullari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, maqolada qo‘shimchalarning mikrobiologik barqarorligi, organoleptik xususiyatlarga (ta’m, hid, rang, tekstura) ta’siri, mahsulotlarning saqlash muddati va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilindi. Biofaol qo‘shimchalarning samaradorligini oshirish maqsadida mikroenkapsulyatsiya, fermentatsiya, nanotexnologiya va boshqa innovatsion texnologiyalar qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va cheklovlari batafsil muhokama qilindi. Tadqiqot natijalari biofaol qo‘shimchalarni oziq-ovqat mahsulotlariga xavfsiz va samarali qo‘shish bo‘yicha texnologik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi, shu jumladan mahsulot sifatini saqlash, foydali moddalarning organizimga so’rilish darajasini oshirish va organoleptik xususiyatlarni yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalarni taqdim etadi. Maqola shuningdek, mahalliy va xorijiy tajribalarni solishtirib, O‘zbekiston sharoitida biofaol qo‘shimchalarni ishlab chiqarishning istiqbollari va innovatsion yondashuvlarini aniqlashga qaratilgan.
References
- 1. Rakhimov A.A. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi.Darslik,210-245-betlar – T., 2018-yil.
- 2. Xolmatov S.S. Funksional oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi. Monografiya,95-132-betlar– T., 2020-yil.
- 3. Ostonov N., Qodirov B. Oziq-ovqat xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi. O’quv qo’llanma,180-205-betlar– T., 2019-yil.
- 4. FAO/WHO. Guidelines for bioactive compounds. – Rome, 2019-year.
- 5. Gibson G.R., Williams C.M. Functional Foods.Ilmiy kitob 120-165-p.
- 6. Hasler C.M.Functional foods and health.Journal of Food Science.506-512-p.
- 7. Туталян В.А. Биологически активные добавки в питании человека.Научная книга, 55-110- ст–M.,2017-г.
- 8. Ashraf M., Ahmad S. Bioactive additives and fortification. International Food Research Journal.215-222-p.
- 9. Burdock G.A. Safety assessment of functional food ingredients.International Journal.200-255-p.
- 10. Kumar V., Sinha A.K. Bioactive compounds in food systems. Journal of Food Chemistry.123-130-p.