Опубликован 2025-04-17
Ключевые слова
- ma’lumotlar bazalari, integratsiya, huquqiy ma’lumotlar bazalari, shaxsiy ma’lumotlar, axborot xavfsizligi, milliy qonunchilik, xalqaro standartlar, chegaralararo ma’lumotlar uzatish, davlat xizmatlari, elektron hukumat.

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.
Как цитировать
Аннотация
Ushbu maqolada davlat ma’lumotlar bazalarining integratsiyasi va bu jarayonda yuzaga keladigan huquqiy muammolar IRAC (Issue, Rule, Application, Conclusion) tahlil metodi orqali oʻrganilgan. Maqolada shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ma’lumotlar bazalarini yuritishda qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, idoralararo ma’lumotlar almashinuvining huquqiy asoslarini yaratish, xalqaro standartlar va milliy qonunchilik oʻrtasidagi nomuvofiqliklar, ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar tahlil qilingan. Oʻzbekiston va xalqaro tajriba misolida davlat ma’lumotlar bazalarining integratsiyasi jarayonidagi muammolar oʻrganilgan hamda ularni hal etish yoʻllari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Huquqiy ma’lumotlar bazalarining milliy qonunchilikka integratsiyasi jarayonida shaxsiy ma’ lumotlarni himoya qilish, ma’lumotlarning yaxlitligi va maxfiyligini ta’minlash, shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish zarurati asoslab berilgan.